Navoiyda karantinda saqlangan 180 nafar yurtdoshimiz doimiy yashash manzillariga kuzatib qoʻyildi.

13:38 02 Aprel 2020 Jamiyat
1322 0

Mazkur fuqarolar joriy yilning 18-mart kuni Misr davlatidan qaytib, Navoiy xalqaro aeroportida kutib olingan edi. Ular shu kuni viloyatning Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sogʻlomlashtirish markaziga joylashtirilib, 14 kun mobaynida maxsus tayyorgarlik oʻquvlariga ega 60 nafar tibbiyot xodimlarining doimiy kuzatuvi ostida boʻldilar. Ularning hech birida koronavirus kasalligi alomatlari aniqlanmadi.

Karantin nazoratiga olinganlarning 50 nafarini erkaklar, 90 nafarini ayollar va 40 nafarini bolalar tashkil etib, ular belgilangan muddatda zarur tibbiy muolaja, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlandi. Ularni qutlab kuzatish tantanasida har biriga badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi.
 

Bugun ular uchun karantin muddati tugab, barcha yurtdoshlarimiz oʻzlarining doimiy istiqomat yashash manzillariga tegishli tartibda kuzatib qoʻyildi.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер