Navoiyda “Damas” qarshi yoʻlakka chiqib ketib, yuk mashinasi bilan toʻqnashdi
Navoiy viloyati Konimex tumanida “Damas” avtomashinasi “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
7-dekabr kuni A-379 trassasida “Zarafshon-Navoiy” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi qarama-qarshi yoʻlakka chiqib ketib, “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan va yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda “Damas” haydovchisi va bir yoʻlovchisi voqea joyida halok boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring