Navoiyda 2 nafar yoshlar yetakchisi avtohalokat oqibatida vafot etdi
Navoiy viloyati Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov avtohalokat oqibatida vafot etdi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev marhumlarning oila aʼzolariga taʼziya bildirdi.
“Bugun Karmana tumani «Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronovning avtohalokat sabab vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Bir kunda tizimning yosh va zabardast ikki yetakchisining kutilmaganda bunday baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi — juda ogʻir musibat. Jamoamiz nomidan marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz. Vafot etgan doʻstlarimizning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatiladi», — deydi Saʼdullayev.
Shuningdek, mazkur avtohalokat natijasida jabrlangan yana bir nafar xodim, Karmana tumani Yoshlar ishlari boʻlimi shoʻba mutaxassisi Valijon Kasimov shifoxonaga yotqizilgan va doimiy shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring