Navoiy viloyatiga joriy yilda 70 ming bosh mayda shoxli mol import qilinadi

17:15 26 Mart 2026 Jamiyat
210 0

Respublika Prezidentining “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida joriy yilda Moʻgʻulistondan 70 ming bosh mayda shoxli mol olib kelish vazifasi belgilangan.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash, viloyatga Moʻgʻuliston davlatidan zotli mayda shoxli mollarni olib kelish, shuningdek, 2026-2027-yillarda Navoiy viloyatida tuyachilik va yilqichilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlardan sut va goʻsht yoʻnalishidagi zotli tuya va otlar olib kelish ishlarini tashkil etish borasida chorvachilik tarmoqlari rivojlangan davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning Moʻgʻuliston davlatining “BUJT” kompaniyasi direktori Sh.Bolor bilan muzokaralarini shunday hamkorlik samarasi sirasiga kiritish mumkin.

Uchrashuv davomida Navoiy viloyati bilan Moʻgʻuliston davlati oʻrtasida chorvachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan uzoq muddatli vazifalar belgilab olindi.

Yaqin kunlarda tadbirkorlardan iborat guruh Moʻgʻulistonga borishi hamda ikki tomon uchun ham manfaatli boʻlgan shartnomalar tuzishga kelishib olindi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari viloyatning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari, mavjud yaylovlar hamda fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер