Navoiy viloyatida zamonaviy bogʻchalar barpo etilmoqda

19:12 12 Avgust 2025 Jamiyat
439 0

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi koʻmagida Navoiy viloyatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining zamonaviy binolari qurilmoqda.

— Mazkur qurilishga jami 23,8 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot kotibi Nurali Hoshimov. — Ularning toʻrttasi Karmana tumanida boʻlsa, qolgan ikkitasi Navbahor tumanida mutlaqo yangidan barpo etilmoqda.

Ushbu loyiha orqali 660 nafar bolalar zamonaviy va qulay taʼlim-tarbiya olish imkoniga ega boʻladi. Yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari yaqin kunlarda bolajonlarga oʻz eshiklarini ochadi.

Temur ESHBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер