Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24 mlrd. soʻmlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati toʻxtatildi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda oʻtkazilgan nazorat tadbirida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, fuqaro R.E.I. ga tegishli, umumiy isteʼmol quvvati 840,4 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga oʻzboshimchalik bilan ulangan.
Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming soʻm qayta hisob-kitob qilindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring