Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 17-dekabrida Oliy Majlis Senatida Navoiy viloyatidan boʻshab qolgan oʻrin uchun saylov boʻlib oʻtdi.
Navoiy viloyati Navoiy shahri “Yoshlar markazi” binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring