Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 9 oyda 524 mln. 200 ming kVt.soat elektr energiya ishlab chiqardi

08:54 29 Sentyabr 2023 Iqtisodiyot
1049 0

Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.

Ushbu fotoelektr stansiyalarda joriy yil yanvar – sentyabr oylarida:

➖ 524 mln 200 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;

➖ buning natijasida 158,8 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

➖ atmosferaga 246 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 218 mingdan ziyod xonadonning bir yillik isteʼmoliga tengdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер