“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ London oltin quyilmalari bozori assotsiatsiyasi maxsus sertifikatiga ega boʻldi

18:26 03 Iyul 2023 Jamiyat
555 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Aksiyadorlik jamiyatiga London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi (LBMA – London Bullion Market Association) tomonidan bozor talablariga toʻla rioya qilish borasida navbatdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi dunyoda affinaj qilingan oltin ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mahsuloti sifatini nazorat qiluvchi nufuzli tashkilotdir. NKMK 1996-yildan buyon mazkur assotsiatsiyada oltin affinaj qiluvchi tashkilotlarning “Ishonchli mahsulot” ishlab chiqaruvchilar roʻyxati aʼzosi hisoblanadi. Shu asosda korxona mahsuloti har uch yilda bir marta test sinovlaridan oʻtkazib kelinadi. Sinovlarda bu gal ham muvaffaqiyatli natija qayd etildi.

Shuningdek, audit, soliqqa tortish, konsalting va korporativ moliya sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi “Deloitte&Touche” xalqaro kompaniyasi tomonidan 2022-yil yakunlariga koʻra, NKMK moliya-xoʻjalik faoliyatini sifatli olib borganligi uchun sertifikat taqdim etildi.

Bungacha korxona jamoasi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Xususan, 1998-yildan oltin quyilmalari Tokio xomashyo birjasi (TOKOM) tomonidan qoʻyilgan talablarga toʻla javob bera olishi tufayli TOKOM sertifikatini qoʻlga kiritdi. 2017-yili esa Yevropa sifat tadqiqotlari jamiyatining “Mahsulot sifati muqobilligini boshqarish yoʻnalishida erishilgan muvaffaqiyatlari va mahsulot sifati nazoratini oliy darajada tashkil etish” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan edi.

Temur ESHBOYEV,“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер