Navbatdagi «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Illyustrativ foto
14 yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni va mamlakatning Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligini nishonlash kunida "Humo Arena" start-finish maydonchasida "Men G‘olib" an’anaviy qishki ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir dasturiga 3 ta masofa kiritilgan: 3 va 10 km, hamda 1 km masofada "Family Run" (oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi). Havaskor yuguruvchilar shaxsiy musobaqalarda ishtirok etadi, idoraviy tuzilmalar uchun esa jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.
Musobaqa kunida ishtirokchilarning yig‘ilishi 07:00 da boshlanadi, 08:00 da esa start beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring