NATO Ukrainani gʻalabaga qadar qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi
Foto: AP
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainani harbiy mojaroda gʻalaba qozonmaguncha qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi.
“NATO Ukrainani gʻalaba qozonmaguncha qoʻllab-quvvatlaydi”, — dedi bosh kotib.
Stoltenberg Ukraina armiyasining taraqqiyoti haqida gapirar ekan, “vaziyat nihoyatda noaniqligicha qolayotgan” boʻlsa-da, u barqaror olgʻa borayotganini taʼkidladi. Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, ukrainaliklarning oʻzlari kelajagini belgilashi kerak, NATO esa ularning tanlovini faqat qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Yaʼni muzokaralarning qanday natijasi maqbul boʻlishini Ukraina fuqarolari aniqlashi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring