NATO qancha vaqt kerak boʻlsa, shuncha Ukraina xalqini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi
Illyustrativ foto
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga qilingan raketa hujumini qoraladi va Kiyevga yordam berilishini kafolatladi
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Unda u Rossiyaning Ukrainaga ommaviy raketa hujumlarini qoralab, Kiyevga harbiy yordam berilishi davom etishi kafolatlanishini maʼlum qildi.
«Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan gaplashdim, Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga dahshatli va gʻarazli hujumlarini qoraladim. NATO qancha vaqt kerak boʻlsa, Kreml agressiyasiga qarshi kurashda jasur Ukraina xalqini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi», dedi Bosh kotib.
10-oktyabr kuni ertalab Ukrainaning turli hududlarida raketa hujumlari qayd etilgan. Kiyev, Xmelniskiy, Lvov, Dnepropetrovsk, Vinnitsa, Ivano-Frankivsk, Sumi, Xarkov, Jitomir va Zaporojye viloyatlaridagi muhim infratuzilma obyektlariga hujumlar uyushtirildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududiga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan berilgan zarbalarni tasdiqlab, hujum energetika, harbiy qoʻmondonlik va aloqa vositalariga qilinganini aytib oʻtdi. Shuningdek, u bu zarbalar Qrim koʻprigiga amalga oshirilgan hujumga javob sifatida berilgani taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring