NATO davlatlari Ukrainaga 65 milliard yevrolik qurol-yarogʻ yetkazib beradi
Foto: Reuters
NATO davlatlari Ukrainaga 65 milliard yevrolik qurol yetkazib beradi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda koʻp yillik harbiy yetkazib berish dasturi tayyorlanmoqda.
Stoltenberg taʼkidlashicha, NATO hozircha Rossiya yadroviy kuchlari konfiguratsiyasida javob talab qiladigan oʻzgarishlarni qayd etmagan.
Shu yilning mart oyi oxirida AQSH Ukrainaga yangi yordam paketini eʼlon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Qayd etilishicha, qoʻllab-quvvatlash miqdori 2,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Yordam havo hujumidan mudofaa radarlari, tankka qarshi raketalar, yonilgʻi yuk mashinalari, qutqaruv mashinalarini oʻz ichiga oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring