NATO bosh kotibi yagona Yevropa armiyasini yaratishga qarshi chiqdi

09:22 25 May 2024 Dunyo
465 0

Foto: Reuters

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg «Economist» nashriga bergan intervyusida yagona Yevropa armiyasini yaratishga qarshi chiqdi. Uning fikricha, bu alyans funksiyalarini takrorlaydi.

«Yevropa Ittifoqining mudofaa xarajatlarining oshirishini maʼqullayman. Ammo Yevropa Ittifoqi NATO oʻrnini bosa olmaydi. NATOning yevropalik hamkorlari alyansning umumiy mudofaa xarajatlarining 20 foizini tashkil qiladi», — dedi Stoltenberg alyans mudofaa xarajatlarining 80 foizi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlarga toʻgʻri kelishini taʼkidlab.

Shu oʻrinda Stoltenberg NATO asosiy qoʻmondonlik tuzilmasi boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qildi.

«Biz xavf-xatarlarni hisobga olishimiz kerak… Agar bir xil davlatlar tomonidan yaratilgan muqobil qoʻmondonlik tuzilmalari mavjud boʻlsa, u holda NATO takrorlanadi», — deydi Bosh kotib.

Shu yilning mart oyida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel yagona umumevropa armiyasini yaratish maqsadida Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlatning qurolli kuchlarini tarqatib yuborish gʻoyasini real emas, degandi.

Oldinroq, Italiya bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Yevropa Ittifoqi tinchlikni saqlash va mojarolarning oldini olishda rol oʻynashi mumkin boʻlgan oʻz qurolli kuchlarini shakllantirishi kerakligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер