“Nasaf” Qarshida “Al-Hilol”ni qabul qiladigan boʻldi
Foto: “Nasaf” matbuot xizmati
Bugun, 15-avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa — Elit Osiyo chempionlar ligasi turniriga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qitʼadagi eng kuchli 24 ta jamoa qatnashadigan ushbu turnirda Oʻzbekiston sharafini Superliganing amaldagi chempioni, Qarshining “Nasaf” klubi himoya qiladi.
Qurʼa natijasiga koʻra, Roʻziqul Berdiyev qoʻl ostidagi jamoaning musobaqadagi taqvimi quyidagicha boʻldi:
Oʻz maydonida:
“Nasaf” — “Traktor SK”;
“Nasaf” — “Al-Shorta”;
“Nasaf” — “Al-Hilol”;
“Nasaf” — “Al-Vahda”.
Safarda:
“Shabab Al-Ahli” — “Nasaf”;
“Al-Ahli” — “Nasaf”;
“Al-Sharja” — “Nasaf”;
“Al-Ittihod” — “Nasaf”.

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa 16-sentyabr kuni start oladi. “Nasaf” dastlabki turda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov toʻp surayotgan, Eronning amaldagi chempioni “Traktor SK” klubi bilan kuch sinashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring