“Napoli” muhim oʻyinda magʻlubiyatga uchradi

16:11 23 Fevral 2026 Sport
1213 0

Kecha, 22-fevral kuni Italiya A Seriyasining 26-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Atalanta” oʻz maydonida “Napoli”ni qabul qildi.

Mazkur bahsda gʻalaba “Napoli”ni turnir jadvalida 3-oʻringa olib chiqishi mumkin edi. Ammo bunday boʻlmadi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar gʻalabasi bilan yakunlandi.

Hisob 18-daqiqada mehmonlar himoyachisi Sem Byokema tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqasida Mario Pashalich muvozanatni tikladi. 81-daqiqada esa Lazar Samarjich “Atalanta”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.

Ushbu gʻalaba evaziga “Atalanta” turnir jadvalida 7-oʻrinni mustahkamlab oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер