Namanganlik olimlar Belarusdagi OTMda dars oʻtmoqda

17:34 25 Aprel 2022 Jamiyat
762 0

Foto: Халқ сўзи

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan boʻlgan Belarus milliy texnika universiteti bilan taʼlim va ilmiy-innovatsion yoʻnalishlarda faol hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzaro kelishuvga muvofiq, ayni kunlarda oʻzbekistonlik bir guruh professor-oʻqituvchilar qisqa muddatli almashinuv dasturi doirasida belaruslik talabalarga muhandislik, kimyo, chizmachilik, rus tili, buxgalteriya hisobi hamda oliy matematika fanlaridan saboq bermoqda.

— Xizmat safarimiz davomida bu yerdagi talabalarga dars oʻtish bilan cheklanib qolmay, oʻzaro tajriba almashish imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilyapmiz, — deydi NamMTI Muhandislik-texnologiya fakulteti dekani Avazbek Obidov. — Tashrifimizning asosiy maqsadi ham shu aslida. Har ikki oliy taʼlim muassasaning yanada rivoji uchun yaxshi samara berayotgan tajribalarni oʻrtoqlashish ayni muddaodir.

Shuningdek, tashrif doirasida Belarus milliy texnika universitetining Mashinasozlik va Namangan muhandislik-texnologiya instituti Muhandislik texnologiya fakultetlari oʻrtasida uzoq yilga moʻljallangan oʻzaro manfaatli hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga koʻra, ikki fakultet ishtirokida talabalar uchun akademik mobillik dasturi, professor-oʻqituvchilarni oʻzaro almashinuvi, qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish, xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер