Namanganlik ijodkor asarlari AQSHda eʼtirof etildi
Koʻp qirrali ijod sohibi Sodiq Sayxun umrini jurnalistika rivojiga bagʻishlagan fidoyi ijodkorlardan biri. Yarim asr davomida Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Davr” hamda Namangan viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi “Shifokor va hayot” gazetalarida faoliyat koʻrsatgan tajribali jurnalist shoir, publitsist yozuvchi sifatida koʻplab badiiy asarlar yozib, qator kitoblarini chop ettirgan.
Yangi yilning dastlabki kunlarida tabarruk 70 yoshni qarshi olgan hamkasbimiz ijodining xalqaro darajada ham eʼtirof etilishi uning yubileyiga munosib tuhfa boʻldi. Facebookda unga Amerika Qoʻshma Shtatlarining Arizona Shtatida faoliyat yuritayotgan “Dunyo shoirlari” uyushmasining bir yoʻla qoʻsh sovrini berilgani haqida xushxabar tarqaldi. Yaʼni Sodiq Sayxun asarlari “Oltin yurak” va ”Oltin koʻprik” mukofotlariga loyiq topilgan.
Ayni kunlarda joʻshqin ijodkor yubileyi joylarda oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda adabiy jamoatchilik va muxlislar tomonidan keng nishonlanmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring