Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
Videodan kadr
Chust tumanida yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23-iyul kuni soat 18:00 da HOWO rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Chust tumani “Yangichak” MFYda “Chust-Qoraqoʻrgʻon” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotib, xavfsizligini taʼminlay olmay yoʻl chetida joylashgan savdo doʻkoniga borib urilgan.
YTH oqibatida yuk avtomashinasi va savdo doʻkoniga moddiy zarar yetgan. Fuqarolarga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring