Namanganda yana bir OTM tashkil etildi

09:09 06 Oktyabr 2022 Jamiyat
688 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tashkil etilayotgan Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Fargʻona vodiysida ushbu soha uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlaydigan muassasaga aylanadi. Bu yerda oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimiga asoslanadi.

Qarorda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi toʻqimachilik sanoati rivojlangan xorijiy davlatlar oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda Institutning zamonaviy oʻquv dasturlarini yaratishi belgilab qoʻyilgan. Oʻz navbatida, 2024/2025 oʻquv yiliga qadar Institut huzurida toʻqimachilik texnoparki faoliyati ham yoʻlga qoʻyiladi.

2026-2027 oʻquv yiliga qadar yangi OTMning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun, yaqinda viloyatda Turon xalqaro universiteti ham oʻz faoliyatini boshlagan edi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер