Namanganda sud raisi yordamchisini kaltakladi

13:08 05 Fevral 2025 Jamiyat
311 0

Illyustrativ foto

Jinoyat ishlari boʻyicha Chust tumani sudi raisi Jahongir Yoqubxoʻjayev yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni kaltaklab, unga jarohat yetkazdi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”. Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, sud raisining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini maʼlum qildi.

“Xizmat tekshiruvi yakuni boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Maʼlum boʻlishicha, holat 2025-yilning 18-yanvar kuni sodir boʻlgan. Sud raisi Jahongir Yoqubxoʻjayev yordamchisi Shohjahon Yaxshiboyevni oʻzining xizmat xonasida kaltaklagan. Jarohat olgan yordamchi Toʻraqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tibbiy maʼlumotnomada Yaxshiboyev yuz sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi tan jarohati olgani koʻrsatilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham ushbu hodisa yuz berganini tasdiqlab, holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер