Namanganda “Spark” boshqaruvni yoʻqotib, ariqqa qulab tushdi

10:11 14 Dekabr 2021 Jamiyat
1241 0

Namanganda “Spark” boshqaruvni yoʻqotib, ariqqa qulab tushdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

13-dekabr kuni soat 16:20 larda Namangan viloyati Norin tumani hududidan oʻtuvchi “Choʻja – Haqqulobod” yoʻlining 22-kilometrida 1978-yilda tugʻilgan “Spark” haydovchisi avtomashina nazoratini yoʻqotib, ariqqa tushib ketdi.

Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер