Namanganda oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kamerasi orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi
Namangan viloyati Namangan shahri hududida fuqaro S.A. tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlandi.
Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan “Sardoba” MFY hududiga oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. S. A. BHMning bir barobari — 330 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Maʼlumot uchun, ayni damda Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon kabi viloyatlarida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday kameralar oʻrnatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring