Namanganda oʻquvchidan qaytarib olingan noutbuk ortidan maktab direktori va sinf rahbari ishdan olindi

12:33 26 Yanvar 2022 Jamiyat
858 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi Murodjon Ergashaliyevga berilgan noutbuk maktab oʻqituvchilari tomonidan qaytarib olinganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Holat boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, shu kunning oʻzida noutbuk Ergashaliyevga qaytarib berilgan va shu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirilgan. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan Norin tuman xalq taʼlimi boʻlimi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, Norin tuman 1-sonli maktab direktori Nozimjon Xusanov, sinf rahbari Sanobar Xojimurodova egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Yuqoridagi holat boʻyicha, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli Norin tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Javlonbek Nurmuxammadovdan tushuntirish xati olinib, tegishli intizomiy jazo chorasi qoʻllash boʻyicha Xalq taʼlimi vaziriga xat kiritilgan.

Oldinroq, Samarqandda IT-tanlovda birinchi oʻrinni olgan oʻquvchiga eski noutbuk sovgʻa qilingani ortidan tuman hokimi oʻrinbosariga hayfsan berilgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер