Namanganda koronavirus qayd qilingani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Jurnalistlar” telegramm kanalida Namangan viloyatida koronavirus qayd etilgani toʻgʻrisida tarqatilgan xabar yuzasidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati bilan bogʻlandik.
“Bugun “Jurnalistlar” telegramm kanalida Namanganda goʻyoki koronavirus qayd etilganligi haqida uydirma tarqatildi. Bu chiqish mutlaqo haqiqatga ziddir. Odamlarni sarosimaga solishga urinishdan boshqa ish emas, deb hisoblaymiz.
2020-yil 9-martga qadar viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida xorijda boʻlib qaytgan fuqarolar sogʻligʻi boʻyicha oʻtkazilgan virusologik laboratoriya tahlillari chogʻida hech qanday koronavirus alomatlari aniqlanmagan. Shunga qaramay, viloyatda koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Barcha tizimlar shay holatga keltirilgan. Vahima qilishga hech qanday asos yoʻq”, deyiladi boshqarma axborot xizmatidan taqdim etilgan bayonotda.
OʻzA
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring