Namanganda «Infoteach — 2025» forumi ish boshladi

15:32 24 Aprel 2025 Jamiyat
227 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Anjumanga Namangan davlat texnika universiteti mezbonlik qilmoqda. Forum Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Unda bir qator oliy taʼlim muassasalari va kompaniyalar vakillari, viloyatda faoliyat olib borayotgan 300 nafarga yaqin informatika fani oʻqituvchilari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishining masʼullari ishtirok etmoqda.

— Yosh avlodning IT sohasidagi yutuqlari bevosita zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganishga bogʻliq, — deydi Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abbos Usmonov. — Binobarin, ushbu forum soha mutaxassislari tajribasini ommalashtirishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Maʼlumot uchun, forum doirasida sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, grafik dizaynning zamonaviy tendensiyalari, robototexnika sohasidagi innovatsion yondashuvlar, raqamli taʼlim vositalarining samarali qoʻllanilishi mavzularida taqdimot va muhokamalar uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Anjuman 25-26-aprel kunlari Chust va Uchqoʻrgʻon tumanlarida davom ettirilib, unda hududdagi pedagoglar ham faol ishtirok etishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер