Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

05:10 27 Aprel 2025 Jamiyat
324 0

Foto: FVV

Namangan viloyatining Uychi tumanida 3 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 26-aprel kuni soat 16:15 da 112 qisqa raqami orqali Uychi tumanining “Xoʻjaobod” MFYda yashovchi fuqaro 2022-yilda tugʻilgan oʻgʻli nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketgani yuzasidan viloyat FVBga xabar bergan.

Shunga asosan boshqarma qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida bola hojatxonadan sogʻ-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер