Namanganda daryoda choʻmilayotgan fuqarolar suv toshishi sabab suv oʻrtasidagi orolda qolib ketdi

15:01 26 Iyul 2021 Jamiyat
989 0

Namangan viloyati Uychi tumani Qumtepa mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi “Norin” daryosida choʻmilish uchun borgan Chortoq tumanida yashovchi G.R va O.A ismli 2 fuqaro belgilanmagan hududda choʻmilishi jarayonida “Norin” daryosining suv sathi koʻtarilishi natijasida daryo oʻrtasidagi orolchada qolib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi. 

Viloyat FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, orolchada qolib ketgan 2 fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, sogʻ-salomat daryo qirgʻogʻiga olib oʻtilgan. 

Xabarga koʻra, sodir boʻlgan voqea natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер