Namanganda ayol oʻz farzandini sotmoqchi boʻldi
Namangan viloyatida oʻz farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” axborot sayti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, jinoyat haqida huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qilgan shaxs xabar bergan. Uning aytishicha, 37 yoshli ayol besh oylik chaqalogʻini yetti million soʻmga sotishga qaror qilgan.
Jinoyatchi 3 million soʻm va 100 dollar olayotgan vaqtda voqea ustida qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring