Namanganda 826,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.Ch.” MCHJ ishlab chiqarish korxonasi rahbari Yu.I., korxona elektrigi K.T. va boshqalar korxona ishlab chiqarish sexining 3 dona transformatorini almashtirib, elektr uskunalarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 826,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring