Namanganda 2 631 quti sifatsiz tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi toʻxtatib qolindi

11:10 03 Aprel 2026 Jamiyat
255 0

Mingbuloq tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.Yu.ning “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida avtotransport vositasi saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan 17 turdagi jami 2 631 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida Namangan shahriga olib ketayotganligi aniqlangan.

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning xonadonidan yana 130 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер