Namangan zukko kitobxonlarni kutmoqda
Foto: "Xalq so'zi"
“Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” doirasida oʻtkazilayotgan “Zukko kitobxon” intellektual tanlovining Namangan viloyat bosqichida chinakam kitob ixlosmandlari bahslashdilar.
Yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodkor yigit-qizlarni ragʻbatlantirish, ularning oʻz aql-zakovatini namoyon etishiga koʻmaklashish hamda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida uyushtirilgan tanlovda barcha shahar va tuman jamoalari kuch sinashdi.
Haqiqiy tafakkur bahsiga aylangan tanlov yakunida keng fikrlash, hotirani ishga solishga undovchi murakkab shartlarni toʻla uddalagan Mingbuloq tumani jamoasi gʻolib chiqdi. Toʻraqoʻrgʻon va Namangan tumani vakillari keyingi oʻrinlarga loyiq topildi. Gʻoliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Aytganday, tanlovning respublika bosiqichi ham yaqin kunlar ichida Namanganda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Mingbuloqlik zukko kitobxonlar unda faollik koʻrsatib, viloyat sharafini munosib himoya qilishga bel bogʻlashgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring