Namangan viloyati prokurori iste'foga chiqarildi
Namangan viloyati prokurori Ulugʻbek Toshev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, Ulugʻbek Toshev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini taʼminlash, kadrlar tarbiyasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etilgan.
Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Toshev bunga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring