Namangan toʻqimachilik sanoati instituti tashkil etildi
Foto: Xalq so‘zi
“Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–386-son, 05.10.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Institut toʻqimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Institutda oʻquv jarayoni 2023-2024 oʻquv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
2024-2025 oʻquv yiliga qadar Institut huzurida toʻqimachilik texnoparki faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
2026/2027 oʻquv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring