Namangan shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Yu. “Haqiqat” MFY hududidagi kompyuter oʻyinlari markazi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻirlik yoʻli bilan ulab, jami 158,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring