Namangan New City konsepsiyasi yaratildi
Viloyat markazining Davlatobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy Namangan New city loyihasi Turkiyaning “Vertebra studio“ kompaniyasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, turk meʼmorlari ”aqlli shahar" konsepsiyasini taqdim etdilar. Yaqin vaqt ichida ulkan qurilish maydoniga aylanadigan yangi shahar umumiy hajmda 558 gektar maydondan joy oladi. Unda qad rostlaydigan bino va inshootlar ham shunga yarasha: 23 ming xonadon yashovchi 2,3 mln kv.metrli 377 ta 9-16 qavatli turar-joylar, 1500 oʻrinli 2 ta shifoxona, 6500 oʻrinli 20 ta maktab, 6000 oʻrinli 30 ta bolalar bogʻchasi, 8000 oʻrinli 4 ta jomeʼ masjidi, 140 ming kv.metrli 5 ta mehmonxona, 7 ta koʻprik barpo etiladi.
Yoʻllar va unga yondosh infratuzilmalar 450 ming kv.m, ofis binolari 85 ming kv.m, savdo joylari 225 ming kv.m, aholi markazlari 405 ming kv.m hududni egallaydi.
Boʻlajak shahar ekologik sofligi bilan barchaga maʼqul tushishi tabiiy. Chunki, uning 278 gektari, yaʼni teng yarmi yashil hududdan iboratligi loyihada atrof-muhit musaffoligiga qanchalik katta eʼtibor qaratilganidandalolat berib turibdi.
Namangan New cityda umumiy aholi soni 90 ming nafardan ortadi. Ofis, idoralar, xizmat koʻrsatish va savdo sohasida 61 ming kishining bandligi taʼminlanadi. Kun sayin rivoj topayotgan Namanganga munosib yoʻldosh boʻladigan shahardan joy olishga hozirdanoq juda koʻpchilik astoydil qiziqish bildirmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV.
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring