Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov oʻtkazilgani rad etildi

17:37 17 Aprel 2023 Jamiyat
725 0

Foto: Illustrativ surat

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti haqida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Universitet rahbariyati tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Namangan davlat universitetida 2022-yilning 16-noyabr kuni “Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori” hamda “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida “Eng yaxshi insholar tanlovi” oʻtkazilgan. Tanlov gʻoliblari munosib ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlangan, ammo hech bir ishtirokchi uchun diplom yoki sertifikat tayyorlab berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Diplom” universitet boshlangʻich tashkilot tomonidan oʻtkazilgan “Oʻtmishga nazar” shiori ostidagi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari yuzasidan oʻtkazilgan savol-javoblar bellashuvidagi faol ishtirokchilar uchun berilgan. Ammo ushbu namuna Korrupsiya yoki Konstitutsiya bilan boʻgʻliq tanlovlar uchun berilmagan.

Maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi asosan, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishga sababchi boʻlishini maʼlum qilamiz, deyiladi universitet xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер