Na taklif bor, na tajriba bor. Sohasi boʻyicha taklif va tashabbus boʻlmasa, qanday rahbar boʻlishi mumkin — Prezident qoʻmita raisi ishdan olinishi sabablarini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi keskin tanqidiy ruhda oʻtmoqda.
Xabar berganimizdek, yigʻilish boshida sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi.
Davlatimiz rahbari yigʻilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Alisher Maqsudov nega ishdan olinganini aytib oʻtdi.
— Bu hamma vazirlarga signal boʻlishi kerak. Na taklif bor, na tajriba bor. Sohasi boʻyicha taklif va tashabbus boʻlmasa, qanday rahbar boʻlishi mumkin, — dedi davlatimiz rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring