Myunxen yaqinida tezyurar poyezdlar toʻqnashib ketdi. Qurbon boʻlgan va jarohatlanganlar bor

23:47 14 Fevral 2022 Dunyo
1250 0

Foto: bild.de

Germaniyaning Myunxen shahri yaqinidagi Sheflarn kommunasi hududida ikkita tezyurar poyezd toʻqnashib ketdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar bermoqda.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 16:40 atrofida sodir boʻlgan. Nashrning yozishicha, toʻqnashuv oqibatida bir kishi halok boʻlgan, 40 kishi tan jarohati olgan.

“Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, qurbonlar bor, magistral hozirda butunlay toʻsib qoʻyilgan”, deyiladi Myunxen politsiyasi maʼlumotida.

"DPA“ axborot agentligi oʻnga yaqin odam jarohatlangani va bir kishi halok boʻlganini xabar qildi. 

”Bayerischer Rundfunk" radiostansiyasi esa 30 ga yaqin odam jarohat olgani haqida maʼlumot tarqatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер