Myanmadagi namoyishlarda 54 kishi halok boʻldi

15:30 05 Mart 2021 Dunyo
1189 0

Myanmada qonli namoyishlar davom etmoqda. Mahalliy aholi politsiya koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, rezina oʻq va haqiqiy qurol ishlatganiga qaramay namoyishni toʻxtatmadi.

BMT hisobotlariga koʻra, shtatdagi tartibsizliklar natijasida 54 kishi vafot etgan. Yuzdan ortiq kishi jarohat olgan. 1700 dan ortiq namoyishchilar harbiy toʻntarishga qarshi mitinglarda hibsga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan. BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Myanma harbiylarini namoyishchilarni oʻldirish va qamoqqa tashlashni toʻxtatishga chaqirmoqda.

U oʻzining video murojaatida xavfsizlik kuchlari tinch namoyishchilarga qarshi oʻq uzishi toʻgʻri emasligini ham eslatib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер