Myanmada toʻntarishdan keyin muvaqqat prezident tayinlandi

17:38 01 Fevral 2021 Dunyo
967 0

Myanmadagi toʻntarishni amalga oshirgan harbiylar vitse-prezident Mint Shveni vaqtinchalik prezident etib tayinladilar. Bu haqda Irrawaddy portali xabar bermoqda.

Harbiylar ushbu tayinlovni mamlakat konstitutsiyasining 418-moddasi bilan izohladilar. Unga koʻra, favqulodda holat paytida prezident lavozimini vitse-prezident egallaydi. Taʼkidlanishicha, Mint Shve ushbu lavozimni 2018-yilda prezident Txin Chjo isteʼfoga chiqqandan keyin egallagan.

Maʼlum boʻlishicha, Mint Shve sobiq harbiy general hisoblanadi. Bunday holatda hokimiyat toʻliqligicha Myanma qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni, katta general Min Aung Xleynu qoʻliga oʻtadi.

Maʼlumot oʻrniga, Myanma harbiylari shtat rahbarlarini hibsga olinganidan keyin mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер