Muzliklarning erishi oqibatida asr oxiriga kelib bir qancha yirik shaharlar suv ostida qoladi?
Soʻnggi yillardagi global iqlim oʻzgarishlari sababli muzliklarning erishi tezlashmoqda. Natijada dengiz sathi koʻtarilib, bir qancha yirik shaharlarning suv ostida qolishi ehtimoli bor, deb xabar bermoqda “Planet Today” nashri.
Taʼkidlanishicha, har yili dunyo aholisining 30-yil davomida isteʼmol qiladigan suv miqdoriga teng boʻlgan taxminan 273 milliard tonna muz eriydi.
“Sayyorada issiqlikning ortib borishi muzliklarning tez erishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, Antarktidadagi Tueytsa muzligi hamda Grenlandiya muzliklarida har yili 300 milliard tonnaga yaqin muz erib, suvga aylanadi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, holat shu zaylda davom etsa, asr oxiriga kelib dunyodagi bir nechta yirik shaharlar suv ostida qoladi.
Jumladan, Indoneziyaning Jakarta, Amerikaning sharqiy sohilida joylashgan Nyu-York shaharlari hamda Mayami shahrining suv ostida qolish ehtimoli yuqori. Baʼzi Osiyo va Yevropa shaharlarida esa yirik suv toshqini kuzatilishi mumkin. Venetsiya, Amsterdam, Gamburg, Shanxay va Mumbay shaharlari ayni shunday xavf ostonasida turibdi.
Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, 2100-yilga kelib, dengizga yaqin joylashgan shaharlar hududining katta qismi botqoqqa aylanishi sababli koʻplab aholi vakillari boshqa hududlarga koʻchib ketishlariga toʻgʻri keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring