Mujtabo Xomanaiy: Eron vayrongarchiliklarga qaramay, urushda gʻalaba qozondi
Eron, dushman hujumlari va bombardimonlaridan qolgan vayrongarchiliklarga qaramay, Fors koʻrfazi mintaqasidagi urushda gʻalaba qozondi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi tomonidan iqtibos keltirilgan Islom Respublikasi Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy nomidan berilgan bayonotda aytiladi.
“Dushman tomonidan yetkazilgan zarar va zarbalarga qaramay, Qurolli Kuchlarimiz urushni buyuk gʻalabaga aylantirdi”, — deyiladi bayonot matnida.
Bayonotda mamlakat aholisi “oxirgi 40 kun davomida boʻlgani kabi, Eron shaharlari koʻchalariga chiqishda davom etish”ga chaqirilgan.
Shuningdek, Eron Hoʻrmuz boʻgʻozini boshqarishni “yangi daraja”ga olib chiqishi koʻrsatib oʻtilgan.
Avvalroq The Times gazetasi Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda ekani va Qum shahrida davolanayotgani haqida xabar bergan edi. Eron Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Said Xatibzoda esa Oliy rahbarning ahvoli yaxshiligini va u mamlakatni boshqarayotganini maʼlum qilgan.
Mujtabo Xomanaiy yangi Oliy rahbar etib saylanganidan beri biror marta jamoatchilik oldida koʻrinish bermagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring