Muzeylarga qoʻshimcha xodimlar olinishiga ruxsat beriladi

10:50 30 May 2022 Jamiyat
976 0

Prezidentimizning “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, davlat muzeylariga qoʻshimcha xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan va bozor konyunkturasi hisobga olingan holda, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar muzeylarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер