Muvofiqlikni baholash sohasidagi malaka oshirish davriyligi qisqartirildi

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan 2018 yil 27 avgustda Oʻz DSt36.0628:2013 “Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi sohalari hamda oʻzaro bogʻliq sohalarda rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari” davlat standartiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Shu munosabat bilan “Oʻzstandart” agentligi tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, shuningdek oʻzaro bogʻliq sohalardagi mutaxassislarning Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida har 3 yilda oʻqishlari talab etilishi maʼlum qilindi. Ilgari bu muddat 5 yilni tashkil qilar edi, deb yozmoqda Norma Axborot-huquqiy portali
Oʻzgarishlar “Oʻzstandart” agentligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari xodimlariga ham daxldor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring