Mutaxassislar bolalarda koronavirusga qarshi antitanachalar qancha vaqt saqlanishini maʼlum qilishdi

01:29 20 Mart 2022 Dunyo
1214 0

Foto: Depositphotos

AQSHning Texas universiteti mutaxassislari bolalarda “SARS-CoV-2”ga qarshi antitanachalar kamida yetti saqlanib qolishini maʼlum qilishdi

Ular 2020-yil oktyabr oyidan beri “COVID-19”dan tuzalgan 5-19 yoshli 218 nafar bola va oʻsmirni kuzatdilar. Bir necha oyda bir marta olimlar bolalardan qon namunalarini olishdi. Bunda ularning organizmi “SARS-CoV-2” infeksiyasiga javoban ishlab chiqargan va S-oqsiliga xos antitanachalarga eʼtibor qaratildi. Bolalarning 96 foizida antitanachalar kasallikdan yetti oy oʻtgach ham aniqlangan. Ammo bu vaqt ichida ularning yarmidan koʻpida S-oqsiliga antitanachalar yoʻqolgan.

“Baʼzi ota-onalar farzandi «COVID-19” boʻlgan boʻlsa, u himoyalangan va emlash kerak emas, deb yanglishmoqda. Garchi bizning tadqiqotimiz baʼzi tabiiy antitanachalar bolalarda kamida olti oy davom etishiga ishontirsada, hali ham himoyaning mutlaq chegarasini bilmaymiz», deydi tadqiqotchilar.

Shu bois olimlar kasallik bolani bir muncha vaqt antitanachalar bilan taʼminlasada, hali ham emlashni eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak, deb xulosa qilishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер