Mutaxassis koronavirusning «Omikron» shtammini testlarsiz aniqlash usuli haqida maʼlumot berdi
Foto: YossSabalet
AQSH Immunizatsiya amaliyotlari boʻyicha maslahat qoʻmitasi aʼzosi va Shimoliy Karolinadagi “Atrium Health Wake Forest Baptist” kompaniyasining vaksinologi, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis Ketrin Pauling koronavirusning «Omikron» shtammining asosiy belgilari haqida maʼlumot berdi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, yoʻtal, burun bitishi va oqishi, charchoq «Omikron» shtammining xarakterli belgilari hisoblanadi. Bemorlar aynan mana shu simptomlar orqali aniq nima bilan kasallanganligini bilib olishi mumkin.
«Omikron» bilan zararlanganda “Delta” shtammidan farqli oʻlaroq, koʻplab bemorlar taʼm bilish yoki hid sezishni yoʻqotmaydi. Hatto yengil oʻtkir infeksiyalarda ham, tomoq ogʻrigʻi eng keng tarqalgan simptom boʻlib qolmoqda», deydi Pauling.
Mutaxassis tadqiqotchilar bemorlarni kuzatish natijalariga koʻra shunday xulosaga kelinganini qoʻshimcha qildi. Ushbu belgilar barcha populyatsiyalarda uchramaydi. Ammo ular AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan tasdiqlangan koronavirusni oʻz-oʻzini tekshirishda yordam berishi mumkin.
Koronavirusning «Omikron» shtammi yoki B.1.1.529 oʻtgan yilning noyabr oyida Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. Mutaxassislarning fikricha, avval koronavirusning boshqa shtammlari bilan ogʻrigan va vaksina olganlar ham uni yuqtirib olishlari mumkin. Hozirga qadar bu variant allaqachon 110 davlatda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham aniqlangan. Uning eng xavfli jihati juda tez juda yuqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring