Murojaatnomada ustuvor vazifalarni belgilab oldik

21:28 20 Dekabr 2022 Jamiyat
911 0

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalq farovonligini yanada oshirish, yashash tarzini yanada yaxshilash borasidagi gʻoya va tashabbuslari nafaqat biz deputatlarni, shu bilan xalqimizning barcha qatlamini birdek quvontirdi. Unda aytilgan gaplar barchamiz uchun dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Prezidentimiz murojaatlarini tinglar ekanman, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar qatʼiy davom ettirilishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Agrar sohada yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratilishi esa agrar sohaga qaratilgan haqiqiy eʼtibordir. Bu sohani rivojlantirish orqali yurtimiz aholisi isteʼmoli uchun eng sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetishtiriladi. Odamlarimiz bandligi taʼminlanadi.

Bir soʻz bilan aytganda prezidentimiz oʻz murojaatnomasida yakunlanayotgan yilda erishilgan muvaffaqiyatlar hamda 2023-yilda amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar, oldimizdagi rejalarni belgilab berdi.
Odinaxon Otaxonova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер