Murojaatlar yechimini topadigan boʻldi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova Uzun tumanidagi uchrashuvlari davomida soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Aholi bilan muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid kelib tushgan murojaatlar tinglandi va tegishli idora vakillari bilan ularga yechim izlandi. Shu kuni oʻz muammosi bilan kelgan har bir fuqaroning masalasi hal etildi.
Kunning ikkinchi yarmida deputat tumandagi 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasida boʻlib, bu yerda faoliyat olib borayotgan bir guruh fuqarolar uchrashuv oʻtkazdi. Soʻnggi yillarda taʼlim tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Muloqotlar chogʻida fuqarolardan koʻtarilgan kadastr, ichimlik suvi, tibbiy xizmat, bandlik va boshqa koʻplab masalalar mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻrganib chiqilgan holda bartaraf etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring