Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori boʻldi
Foto: Andijon viloyat hokimligi
Murodullo Togʻayevich Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murodullo Abduhakimov 1981-yilda Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida tugʻilgan.
U ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar (2020-yildan buyon) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring